O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Metan şoxobçasidan «DAMAS» olib qoçildi

Xorazm viloyati. Joriy yilning 14-noyabr kuni 2000-yilda tuğilgan fuqaro J.J. Urganç tumani IIBga murojaat qilib, şu kuni öziga tegişli «DAMAS 2» rusumli avtomaşina noma’lum şaxs tomonidan olib qoçilganini ma’lum qilgan.

Xabarga köra, J.J. avtomaşinasini Urganç tumanining «Anjirçilar» mahallasi hududidagi avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçasining kutiş maydonida oçiq va qarovsiz qoldirgan. Noma’lum şaxs bundan foydalanib, transport vositasini olib qoçgan.

Murojaat asosida tergov-tezkor guruhi zudlik bilan hodisa joyiga çiqqan. Hodisa joyi közdan keçirilib, atrofdagi binolarga örnatilgan kuzatuv kameralaridan işga aloqador videoyozuvlar protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Içki işlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomaşinani olib qoçgan şaxs 1998-yilda tuğilgan fuqaro N.J. ekani aniqlangan.

Tergovda aniqlanişiça, N.J. avtomaşinani mast holatda olib qoçib, Yangibozor tumani hududidagi «Sam moy 222» avtomobillarni yuviş şoxobçasi yonida qulflangan holda qoldirgan va özi noma’lum tomonga yaşiringan.

Mazkur holat yuzasidan Urganç tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan N.J.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida mazkur jinoyat uçun beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.

Hurmatli fuqarolar!

Moddiy boyliklaringizga befarq bölmang, avtomaşinani qulflanganligiga işonç hosil qiling va kalitni öt oldiriş joyida qoldirmang. Ogohlik – davr talabi.

Tergov departamenti

Text to speech