O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xalqaro huquqiy hamkorlik hozirgi zamon jamiyatini rivojlantirish omili sifatida

2018 yil 13 noyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Germaniya Federativ Respublikasi parlament davlat kotibi, adliya vaziri o‘rinbosari Kristian Lange boshchiligidagi Adliya va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni kuchaytirish, demokratik huquqiy davlat qurishda va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini takomillashtirish, shu jumladan ma’muriy sudlarni tashkil etish, yagona, samarali faoliyat ko‘rsatadigan odil sudlov tizimini shakllantirish, korruptsiyaga qarshi kurashishning qonunchilik asoslarini mustahkamlash va rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayogan chora-tadbirlar haqida batafsil xabardor etildi.

Qayd etilganidek, huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlarning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar respublikaning demokratik rivojlanish, ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlash tamoyillariga sodiqligini namoyon etmoqda. Delegatsiya a’zolari O‘zbekistondagi barcha sa’y-harakatlarni ijobiy baholadi va bundan buyon ham qo‘yilgan maqsadlarga erishishda ko‘maklashishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Zamonaviy jamiyatni barpo etishda ma’muriy yurisdiktsiya nuqtai nazaridan Germaniya Bundestagi to‘plagan tajriba muhimligi va germaniyalik mutaxassislar bu tajriba bilan o‘zbekistonlik hamkasblari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Text to speech