O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xalqaro Tort kuni

20 iyul - Xalqaro tort kuni. Ushbu kunda odamlar, davlatlar, millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va tinchlikka bag‘ishlangan qiziqarli bayram nishonlanadi. Umuman olganda, mantiqiy qaraganda - qanday qilib choy bilan tort bo‘lmasa, tinchlik va do‘stlikni nishonlash mumkin. Ushbu bayram Sevgi Qirolligining (global madaniy, gumanitar va tinchlik o‘rnatish tashabbuslarini amalga oshiradigan xalqaro notijorat loyiha) tashabbuslaridan biri xisoblanadi, xalqaro miqyosda Tort kuni birinchi marta 2011 yil 20 iyulda nishonlanib, dunyoda madaniyat orqali tinchlik va do‘stlik g‘oyalarini tarqatish maqsadida o‘tkaziladi.

Tort kuni nafaqat bizning sevimli shirinliklarimizga bag‘ishlanib, balki dunyo xalqlari do‘stligining mustahkamligining belgisi sifatida nishonlanganligi sababli, uni o‘tkazish turli mamlakatlar madaniy va ijtimoiy hayotida muhim o‘ringa ega.

Yaqinlaringiz bilan sevgi va quvonchni baham ko‘rish uchun yomon sabab emas!

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech