Xalqaro Shifokorlar kuni (International Doctor‘s Day)
Ushbu bayram har yili oktyabr oyining birinchi dushanbasida dunyoning ko‘plab davlatlarida butun jahon shifokorlarining birdamligi va faol harakati kuni sifatida keng nishonlanadi. Axir har qanday millatdagi shifokorning asosiy maqsadi bemorlarning sog‘lig‘ini yaxshilash va saqlashdir.
Mazkur bayram Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xalqaro tibbiy-gumanitar tashkilot (Médecins sans frontières - (MSF))larning tashabbusi bilan tashkil qilingan.
Har yili ushbu tashkilotlarning mingga yaqin shifokorlari turli mamlakatlardagi (shu jumladan issiq o‘lkalarda) odamlarga, xususan favkulod qiyin vaziyatga tushib qolgan barchaga (ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar hech qanday kamsitishlarsiz) tibbiy yordam ko‘rsatishadi.
Shuningdek, tashkilot ko‘ngillari OITS va giyohvandlikka qarshi kurashga qaratilgan profilaktika va maʼrifiy ishlar bilan ham shug‘ullanadilar.
Bugungi kunda dunyodagi barcha shifokorlar qatori bizning shifokorlarimiz ham kecha-kunduz o‘z jonlarini garovga qo‘yib “COVID-19” virusiga qarshi ko‘rashayotganliklari uchun hech ikkilanmasdan ularni hozirgi zamonamizning haqiqiy qahramonlari deb atashimiz mumkin!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti