Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilotning submintaqaviy koordinatori Zeynal Gadjiyev va IIV vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yil 19-aprel kuni Ichki ishlar vazirligi binosida Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilotning submintaqaviy koordinatori Zeynal Gadjiyev va Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Р.Ашропов oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar muhojirlar va odam savdosi qurbonlarini himoya qilish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston IIV va Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilotning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasida migratsiya sohasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini muhokama qilishdi.
Muloqot jarayonida Z. Gadjiyev samimiy qabul uchun oʻz minnatdorchiligini bildirib, Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yuqori baholab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni eʼtirof etdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan ishonch bildirdilar.