Moʼynoq tumanida navbatdagi sayyor qabul boʼlib oʼtdi
2021 yil 22 iyunь kuni Moʼynoq tumani Yoshlar markazida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʼrinbosari S.Turmanov, Qoraqalpogʼiston Respublikasi prokurori oʼrinbosari adliya katta maslahatchisi А.Shamuratov, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari polkovnik M.Raxmatullaev va tegishli tashkilotlar hamda tuman barcha sektor rahbarlari tomonidan Moʼynoq tumani aholisi oʼrtasida sayyor qabul oʼtkazildi.
Sayyor qabul davomida, vazir oʼrinbosari polkovnik M.Raxmatullaev tomonidan jami 5 nafar fuqarolarning turli masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, fuqarolarning “nafaqa pullarini qayta hisoblab berishda, turmush oʼrtogʼining sud tomonidan 1 yil 6 oyga avtomashinani boshqarish huquqidan mahrum qilingan maʼmuriy jazosini muddatidan oldin yengilroq jazoga almashtirish, ishga joylashtirib berish hamda oʼgʼliga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi bir oylik xizmat yigʼini oʼtashi uchun badal pullarini toʼlab berilishiga koʼmaklashishda amaliy yordam berish”
kabi masalalari koʼrib chiqildi.
Barcha fuqarolarning arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, vazir oʼrinbosari polkovnik M.Raxmatullaev va Moʼynoq tuman hokimi Ye.Edenbaevlar rahbarligida Moʼynoq tumani IIBning barcha profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda, profilaktika inspektorlarning muammo va takliflari eshitilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti