Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda
Joriy yilning 25 avgust kuni Tergov departamenti rahbariyati tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Jizzax va Buxoro viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 2 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergov harakatlari to‘liq olib borilmayotganligidan norozi va 1 tasi yetkazilgan moddiy zarar qoplanmaganligidan norozilik masalasini tashkil etadi.
Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasi bo‘yicha esa qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti