Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda
Joriy yilning 24 noyabr kuni Tergov departamenti rahbariyati tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergov harakatlaridan norozi, 1 tasi xodimning xatti-harakatlaridan norozi va 1 tasi qabul qilingan qarordan norozilik masalasini tashkil etadi.
Qabul qilingan murojaatlarning barchasi qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi
mayor I. Toirov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti