O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yoshlar kamoloti yo‘lida

Qarshi Muhandislik iqtisodiyot institutining “Neft' va gaz” fakul'tetida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari, institut o‘qituvchi va talabalari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.Atanazarov ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida turli qonunbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish uchun avvalo, yoshlarning huquqiy ongi va bilimini boyitish muhimligini ta'kidladi.

Davlatimiz tomonidan yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, ularning huquqiy bilimi va madaniyatini oshirish uchun nafaqat huquq-tartibot organlari, balki faol yoshlar va fuqarolar ham o‘z hissasini qo‘shsa maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech