O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i Nurota tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 11 fevral' kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Nurota tumani Xalq qabulxonasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 8 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 3 tasi joyida qanoatlantirildi, 2 nafar fuqarolarga murojaatlari yuzasidan xuquqiy tushuntirishlar berildi, yana 3 murojaat esa alohida nazoratga olinib ijroga qaratildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.A.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech