O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 19 fevral' kuni Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan Toyloq tumani San'at kollejida Urgut, Toyloq, Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 16 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, 7 ta murojaat joyida xal qilindi, 5 tasi bo‘yicha ko‘rsatma berilib, ijrosi nazoratga olindi. 4 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi. Qabul jarayonida jami 8 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 3 tasi joyida qanoatlantirildi, 2 nafar fuqarolarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, yana 3 ta murojaat esa alohida nazoratga olinib ijroga qaratildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech