O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʼi tomonidan sayyor qabul oʼtkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining koʼrsatmasiga asosan, joriy yilning 01 fevral kuni Namangan viloyati IIB boshligʼining oʼrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan Mingbuloq tumani Xalq qabulxonasida tuman aholisi uchun sayyor qabul oʼtkazildi.

Qabul jarayonida jami 6 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan boʼlib, ulardan 2 nafarining murojaatlari joyida qanoatlantirildi, 2 nafar fuqaroning murojaatlari boʼyicha huquqiy tushuntirishlar berildi va tegishliligi boʼyicha boshqa idoraga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Namangan viloyati IIB boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar oʼtkazilishi davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech