Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkazildi.
Joriy yilning 17 yanvar kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Karmana tuman Xalq qabulxonasida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 9 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi joyida qanoatlantirildi, 3 ta murojaat muallifiga tushuntirish berildi.
Shu bilan birga qabul vaqtida Tergov boshqarmasi boshlig‘i kam ta'minlangan 2 ta oilaga tashrif buyurib, ularga moddiy yordam ko‘rsatildi, hamda muammolari o‘rganilib, ularni hal qilish yuzasidan tegishli sektor rahbarlariga ko‘rsatmalari berildi.
Shuningdek, tergov idoralarida ko‘p yillar davomida faoliyat olib borib tergov faoliyatini rivojiga o‘z hissasiga qo‘shgan hozirda nafaqada bo‘lgan istefodagi podpolkovnik A.Xodjievning yashash xonadoniga tashrif buyurib, ustoz shogird an'anasini davom ettirish bo‘yicha suhbatlashildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.A.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti