Namangan shahrida navbatdagi sayyor qabul boʼlib oʼtdi
Oʼzbekiston Respublikasi IIVning 21.10.2020 yildagi koʼrsatmasi ijrosi yuzasidan tasdiqlangan jadvalga asosan Namangan viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik T.Mustafaev rahbarligida 2021 yil 22 iyunь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan shahar Xalq qabulxonasida Namangan shahrida yashovchi fuqarolar bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov masalalari boʼyicha sayyor qabul oʼtkazildi.
Sayyor qabulda 9 nafar fuqarolar qabul qilindi. Jumladan,
-1 nafari sodir etgan yoʼl transport hodisasi yuzasidan avtomashinasini jarima maydonidan chiqarishda amaliy yordam berish masalasida,
-3 nafari yozgan arizalari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni har tomonlama, toʼla va xolisona koʼrib chiqish masalasida,
-1 nafari muqaddam qilgan murojaati HPB profilaktika inspektori tomonidan koʼrib chiqilib, aybdorlarga qonuniy chora koʼrilmaganligidan noroziligini bildirib, murojaatini Tergov boʼlimida qayta koʼrib chiqish masalasida,
-3 nafari jinoyat ishida zararlarni toʼliq qoplaganligi, aybiga toʼliq iqrorligini inobatga olib, jinoyat ishi boʼyicha qonuniy yengillik berish masalasida,
-1 nafari yoʼqotilgan fuqarolik pasportini qayta tiklashda amaliy yordam berish masalasida,
Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etilib, 4 tasi boʼyicha arizalar olinib, tekshirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti