Namangan viloyat IIBda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tergov va surishtiruv xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi
Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi o‘rinbosari, viloyat prokurori o‘rinbosari rahbarligida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida Bojxona xizmati, Majburiy ijro byurosining surishtiruv va viloyat Ichki ishlar organining barcha tergov xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quv mashg‘uloti jarayonida dastlabki tergov organi tomonidan ayblov qo‘yilib, sud jarayonida qayta malakalangan jinoyat ishlari atroflicha muhokama qilindi.
Shundan so‘ng jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisining o‘rinbosari - jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi Adxamjon Mirzayev dastlabki tergov organlari tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar yuzasidan maʼlumot berib o‘tdi.
Shuningdek, Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan tergov qilingan jinoyat ishlari yuzasidan kelib tushgan xususiy ajrimlar atroflicha muhokama etildi.
O‘quv mashg‘uloti so‘nggida, tergov va surishtiruv xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga malakali xodimlardan batafsil javob olishdi.