O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati Chortoq tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 21.10.2020 yildagi ko‘rsatmasi ijrosi yuzasidan tasdiqlangan jadvalga asosan Namangan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev rahbarligida, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik E.Ya.Ubaydullayev, tergovchi katta leytenant U.A.Mutalov va Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linma boshlig‘i podpolkovnik M.J.Mexmanovlar ishtirokida 2021 yil 31 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chortoq tuman Xalq qabulxonasida Chortoq tumanida yashovchi fuqarolar bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

         Sayyor qabulda 10 nafar fuqarolar qabul qilindi. Ular tomonidan:-

           -4 nafari pullarini qaytarib olish masalasida,

           -1 nafari jiyani yaqinlarini urib tan jarohati yetkazganligi bo‘yicha profilaktika inspektori tomonidan qonuniy chora ko‘rilmayotganligi masalasida,

           -1 nafari farzandiga tanishi qo‘ng‘iroq qilib, tinchligini buzayotganligi masalasida,

           -1 nafari sobiq turmush o‘rtog‘idan aliment undirish masalasida,

           -1 nafari kredit olish masalasida,

           -1 nafari fuqarolik pasportiga nikohdan o‘tganligi to‘g‘risida muhr qo‘ydirish masalasida,

           -1 nafari yetkazilgan zararni Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan undirilib berilganligi uchun minnatdorchilik bildirish masalasida,

         Ushbu murojaatlarning 5 tasi qanoatlantirildi, 2 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborildi, 2 tasi bo‘yicha arizasi olinib, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, 1 tasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech