O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati Chust tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 21.10.2020 yildagi ko‘rsatmasi ijrosi yuzasidan tasdiqlangan jadvalga asosan, Namangan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.Mustafayev rahbarligida, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik E.Ubaydullayev, tergovchi katta leytenant A.X.Nurillayev va Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linma boshlig‘i podpolkovnik A.M.Imomovlar ishtirokida 2021 yil 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chust tuman Xalq qabulxonasida

Chust tumanida yashovchi fuqarolar bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va pasport (biometrik pasport berish, propiskaga qo‘yish va propiskadan chiqarish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish) masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 11 nafar fuqarolar qabul qilindi. Ular tomonidan:-

-1 nafari o‘g‘liga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilganligini bayon qilib, o‘g‘li bilan uchrashishda hamda dastlabki tergovni qisqa muddatda yakunlashda amaliy yordam berish masalasida,

-1 nafari olib borilayotgan tergovda o‘z aybiga iqrorligini bayon qilib, dastlabki tergovda yengillik berish masalasida,

-2 nafari tergovga qadar tekshiruv to‘liq olib bormaganligi sababli, murojaatlarini to‘liq tekshirilishini nazoratga olish masalasida,

-1 nafari otasiga nisbatan olib borilgan tergovdan hamda sud tomonidan otasini aybdor topish haqidagi hukmidan noroziligini bayon qilib, jinoyat ishini qayta ko‘rib chiqish masalasida,

-1 nafari kam taʼminlanganligi uchun tuman hokimligidan uy-joy olish masalasida,

-1 nafari turmush o‘rtog‘i aliment pullarini to‘lamay qochib yurganligini bayon qilib, turmush o‘rtog‘ini qisqa muddatda ushlanishida amaliy yordam berish masalasida,

-1 nafari turmush o‘rtog‘iga nisbatan qo‘llanilgan ahloq tuzatish ishlari jazosini boshqa jazo turiga o‘zgartirish masalasida,

-3 nafari muqaddam yozgan arizalari yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilib, aybdorga nisbatan jazo qo‘llanilganligi, pullari undirilganligini bildirib, Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi xodimlaridan minnatdorlik masalasida. 

Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etilib, qanoatlantirildi, 3 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborildi va 3 tasi bo‘yicha murojaatchilardan arizalar olinib, nazoratga olingan holda tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech