
Namangan viloyati IIB rahbariyatining To'raqo'rg'on tumani fuqarolari uchun sayyor qabuli o‘tkazildi
To'raqo'rg'on tumani Madaniyat markazida bo'lib o'tgan qabul davomida 9 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.