O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlarining shahar-tuman bosqichlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2024 yildagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida” amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining hamda Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli farmoyishlari ijrosini taʼminlash maqsadida Kosonsoy tumanida otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlariga start berildi.

Zakovat intellektual o‘yinida Norin tumanining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi bilimdon yoshlardan tashkil topgan jamoalar o‘z bilim va salohiyatlari bilan bahs olib bordilar.

Yuqori saviyada o‘tkazilgan bahs natijalariga ko‘ra, Kosonsoy tumanidagi “Bogibaland” mahallasining “Bog‘ibaland” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Endi ushbu g‘olib jamoa “Zakovat”intellektual o‘yinining viloyat bosqichida ishtirok etadilar.

Text to speech