O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyati IIBda Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilayotgan tergovchi hamda surishtiruvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Tergov bo‘linmalarida shaxsni ushlab turish, unga huquqlarini tushuntirish va himoyachidan voz kechish protsessual harakatlarini videotasvirga olish tartibi. Videotasvirga olish va tasvirlarni saqlash vositalari, ulardan foydalanish tartibi, qulayliklari hamda imkoniyatlari” mavzusida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti videokonferensiya orqali o‘tkazilib, unda shahar-tumanlardan ishtirok etayotgan xodimlarga Tergov boshqarmasining malakali tergovchilari tomonidan mavzu yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, o‘quv mashg‘uloti yakunida tergov bo‘linmalari xodimlarining asosiy ish ko‘rsatkichlari, tergov sifati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov o‘tkazish vaqtida yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech