Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi sudyalari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining tegishli ko‘rsatmasiga asosan Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokida haftaning shanba kunlari sohada xizmat qilayotgan tergovchi hamda surishtiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan joriy yilning 19 avgust kuni o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotiga jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyalari taklif etilib, sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rish davomida kelib chiqayotgan muammolar, tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, shuningdek sudlar tomonidan kelib tushgan xususiy ajrimlar muhokama qilindi.