O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimi xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi

Namangan viloyati IIBda viloyat prokuraturasi, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi, Respublikasi sud tibbiy ekspertizasi ilmiy amaliy markazi Namangan viloyat filiali va viloyat IIB EKM xodimlari ishtirokida Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

O‘quv mashg‘uloti “Qasddan badanga (og‘ir, o‘rtacha og‘ir, yengil) shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish amaliyoti, mazkur turdagi jinoyatlarni tergov qilishda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida bo‘lib, unda malakali xodim va mutaxassislar tomonidan mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tishdi.

Mashg‘ulot yakunida savollar va amaliyotda uchrayotgan muammolari holatlarga mutaxassislar tomonidan tergov xodimlari to‘liq maʼlumotga ega bo‘lishdi.

Text to speech