O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida tergov sifatini oshirish, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Oybek Kulbekov ishtirok etib, unda tergov xizmatining barcha shaxsiy tarkibi qatnashdi.

Dastlab Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari xodimlarining faoliyatlari davomida yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklari, salbiy holatlar, xizmat intizomi va qonunchilik rioya etish ahvoli atroflicha tahlil qilinib, masʼul rahbarlar tomonidan bu borada yetarlicha chora tadbirlar belgilanmaganligi tanqid qilindi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida, joriy yilning 11 oyi davomida tergov bo‘linmalari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, jinoyat ishlarining sifati, prokuratura va sud organlaridan taqdimnoma, shuningdek hususiy ajrimlari kelib tushishiga sababchi bo‘layotgan omillar muhokama qilinib, kelgusida ijobiy natijalarga erishish yuzasidan aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech