O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27 sentyabr kuni Tergov departamenti va Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati yuzasidan Namangan shahar, Davlatobod tumanida joylashgan Madaniyat markazida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama yig‘ilishida Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Oliy taʼlim Fan va Innovatsiyalar boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, umumtaʼlim maktablari direktorlari va ularning maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari hamda Ichki ishlar organlarining boshqa masʼul xodimlari ishtirok etib o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

Muhokamada avval Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Boltaboyev Anvarjon Axmadjonovich so‘zga chiqib, voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirilishi, ular bilan profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borilmaganligi oqibatida ular tomonidan sodir etilayotgan o‘g‘irlik jinoyatini o‘qib eshittirib, mazkur turdagi jinoyatlar sodir etilishida bir necha mutasaddilarning xato va kamchiliklari borligi aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, muhokama jarayonida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar birma-bir muhokama etilib, Namangan shahar hududidagi tungi klub, kalyanxona, kompyuter o‘yinlari markazlarida keng qamrovli tungi reyd tadbirlarini tashkil etib, unda asosiy eʼtibor mazkur joylarda voyaga yetmaganlarni tungi vaqtlarda bo‘lishlari, voyaga yetgan shaxslar tomonidan ularni g‘ayriijtimoiy harakatlarni sodir etishlariga jalb qilish holatlariga chek qo‘yish va har bir aniqlangan holatlar bo‘yicha huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan MJTKning 1882-moddasi va 47-moddasi tartibida javobgarlik masalasi o‘z vaqtida hal etilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Muhokama davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan voyaga yetmaganlar tomonidan jahon axborot tizimi orqali kirib kelayotgan maʼlumotlarni qabul qilish jarayonida ulardagi mafkuraviy o‘zgarishlar, jamiyatning maʼnaviy-axloqiy hayotidagi yangiliklar bunga o‘z taʼsirini o‘tkazayotganligi alohida taʼkidlanib, kelgusida barcha masʼullar bir tanu-bir jon bo‘lib, yosh avlodning taʼlimi va tarbiyasiga eʼtiborli bo‘lib, ularni bandligini taʼminlashga bor kuch-g‘ayratni sarflash lozimligi  taʼkidlandi.  

Muhokama so‘ngida Namangan shahrida xizmat olib boruvchi barcha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech