Tergov tuzulmalarining yosh xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlar.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan joriy yilning 20 fevral' kuni vazirlik Akademiyasini 2019 yilda tamomlab, tuman IIO FMB tergov bo‘linmalaridagi tergovchi va surishtiruvchi lavozimlariga tayinlangan yosh mutaxassis xodimlar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida yosh mutaxassis xodimlarning kasbiy ko‘nikma hosil qilishlarini tezlashtirish, bilim saviyalarini oshirish shuningdek, xizmatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishlari, xizmat intizomi va qonunchilikka so‘zsiz rioya etilishiga asosiy e'tibor qaratildi.
Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik N.T.Tulaboeva hamda Kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i kapitan A.X.Kaxarovlar xodimlar bilan suhbat o‘tkazib, yosh mutaxassis xodimlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Bundan tashqari, IIBB Kadrlar boshqarmasi psixolog xodimlari bilan hamkorlikda yosh xodimlar bilan psixologik-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlari yakunida yosh xodimlarning bilim saviyasini aniqlash va amaliyotda olgan ko‘niklarini o‘rganish maqsadida test sinovlari qabul qilindi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan doimiy ravishda davom ettirilishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.