Navbatdagi o‘quv-seminar
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirish maqsadida 2021 yil 18 fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat hamda jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-675-son Qonunini o‘rganish yuzasidan navbatdagi viloyatlararo o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari barcha xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB, Transportda XTBB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda viloyatlar IIB shaxsiy tarkibi videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etdilar.
Mazkur yig‘ilishda Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Oripov Sobirzoda Sobir o‘g‘li maʼruzachi sifatida qatnashib, o‘quv-seminar ishtirokchilari bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar yuzasidan fikr almashdi.
O‘quv seminari yakuniga ko‘ra tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti