O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirish maqsadida “Qasddan odam o‘ldirish” hamda “Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarini tergov qilish usullari” mavzularida viloyatlararo o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalarining barcha xodimlari videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etishdi. Tadbir davomida Bosh prokuratura Akademiyasi katta o‘qituvchisi Mirzayev Faxriddin Ziyatovich o‘quv mashg‘ulotida maʼruzachi sifatida ishtirok etdi.

O‘quv semirani yakuniga ko‘ra tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etishdi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech