Navoiy viloyati Xatirchi tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 29 iyun kuni Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sh.Sharipov rahbarligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xatirchi tuman Xalq qabulxonasida Xatirchi tumani fuqarolari bilan surishtiruv, dastlabki tergov hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida jami 9 nafar tuman hududida yashovchi fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Shundan 6 tasi tergov, 2 tasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, 1 tasi ijtimoiy ko‘mak masalasida.
Tergov masalasida murojaat qilgan 6 nafar fuqarolarning murojaatlari nazoratga olinib, ularga tushuntirishlar berildi.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalasida murojaat qilgan 2 nafar fuqaroni murojaati joyida ijobiy hal qilindi.
Jumladan, Xatirchi tumani Damariq MFYda yashovchi Sayidov Shaxzod Xayrulla o‘g‘li fuqarolik pasportini yo‘qotganligi holati bo‘yicha to‘lanadigan jarima miqdorini kamaytirishda amaliy yordam so‘raganligi uchun uning murojaati qabul davomida ijobiy hal qilindi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarga “firibgarlarni” tuzog‘iga tushib qolmasliklari bo‘yicha ham tushunchalari berilib, bukletlar tarqatildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti