Navoiy viloyati IIB boshlig’ining o’rinbosari polkovnik Zohidjon Qayumov raisligida tizimda xizmat qilayotgan xodimlar bilan o‘quv-seminari o’tkazildi
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari ma’muriy binolariga olib kelingan shaxslarga nisbatan turli xil ko‘rinishdagi qiynoq yoki shaxsni kamsituvchi boshqa noqonuniy hatti-harakatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida, Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan viloyatning Jinoyat qidiruv, Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda, Navoiy viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Zohidjon Qayumov tomonidan ichki ishlar organlari ma’muriy binolariga olib kelingan shaxslar bilan suhbat o‘tkazish, shuningdek protsessual harakatlarni amalga oshirish - audio va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan so‘rovxonalarda amalga oshirish tartibi, bu borada mas’ul rahbar xodimlarning vakolatlari va majburiyatlari tushuntirilib, yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i talablari yetkazildi.