Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sh.Sharipov tomonidan Uchquduq tumani fuqarolari bilan navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi tashkil etildi
Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sh.Sharipov tomonidan Uchquduq tumani fuqarolari bilan navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan jami 9 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan 5 tasi bandligini taʼminlash yuzasidan, 1 tasi safarbarlik rezervi pulini qoplab berish, 1 tasi tikuvchilik faoliyati bo‘yicha subsidiya olish, 1 tasi sog‘ligini tiklash bo‘yicha moddiy yordam olish, yana biri farzandiga ID karta olishda yordam ko‘rsatish mazmunida yo‘llandi.
ID karta olish, moddiy yordam olish, safarbarlik chaqiruvi pulini olish, subsidiya ajratish kabi murojaatlar ijobiy yechim topgan bo‘lsa, bandligini taʼminlash bo‘yicha murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga xatlar yuborildi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, qabulda bildirilgan har bir muammo ortida inson taqdiri hamda uning manfaatlari yotgani alohida eʼtiborga olindi. Shuningdek, qabul davomida obodonlashtirish, imtiyozli kredit olish kabi bir qator masalalarda ham amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.