O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tashkil etilgan navbatdagi shaxsiy qabulda fuqarolarning huquqiy yo‘nalishdagi murojaatlari ijobiy hal etildi

Fuqarolarning huquqiy masalalardagi murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga joyida yechim topish maqsadida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Zohidjon Qayumov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.

Unda tizim yo‘nalishi doirasida 10 ga yaqin murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, tergov va surishtiruv jarayonlari, protsessual qarorlardan norozilik, ishlarning muddati, qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish, dalillarni o‘rganish kabi masalalar yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.

   Har bir murojaat yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi holatlar esa nazoratga olindi. Fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tergov departamenti

Text to speech