O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov xodimlari o‘rtasida “Namunali tergovchi”, “Namunali surishtiruvchi” va “Namunali ayol xodima” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Vazirlik huzuridagi Tergov departamentining 2021 yil 09 fevral kungi 18/989-sonli ko‘rsatmasi ijrosi yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan joriy yilning 05 mart kuni tergov tizimi xodimlari o‘rtasida “Namunali tergovchi”, “Namunali surishtiruvchi” va “Namunali ayol xodima” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Dastlab xodimlarning jismoniy tayyorgarligi, o‘q otish va qo‘l jangi mahoratlari, shuningdek, Jinoyat va Jinoyat-protsessual qonunchiligi hamda sohaga oid bilimlarini aniqlash yuzasidan test sinovlari qabul qilindi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishib, faxrli birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan tergovchi va surishtiruvchilar hamda birinchi o‘rinni egallagan ayol xodima Navoiy viloyati IIBning «Faxriy yorlig‘i» va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu ko‘rik-tanlov viloyat IIB huzuridagi tergov tizimlarida xizmat olib borayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning kasbiy, xizmat va jangovar tayyorgarligini oshirishga, ularning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da kuchaytirish, bilim saviyasini, siyosiy va ijtimoiy qarashlarini, shu bilan bir qatorda maʼnaviy dunyoqarashini yana-da o‘stirishda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, xodimlarning amaliy ko‘nikmalarni egallaganlik darajasini aniqlash hamda malakali kadrlar zaxirasini yaratishga imkon berishini inobatga olib, kelgusida bu kabi ko‘rik-tanlovlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech