O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, qonunchilik hamda xizmat intizomiga rioya qilish ahvoli muhokama qilindi

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining joriy yilning 6 oy yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bunda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘lim (bo‘linma)lari shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning 6 oylik ish yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Sharipov ochib, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda shahar va tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi va bo‘linmalari boshliqlarining hisobotlari tinglandi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida har bir tergovchi va surishtiruvchilarning ish faoliyati tahlil qilinib, natijalariga ko‘ra, xizmat faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

Xizmat vazifasini bajarishda samarali natijalarga erishgan 2 nafar xodim kompyuter jamlanmasi, 2 nafari IIV Tergov departamentining “notebook”lari, 2 nafari kitoblar jamlanmasi, 5 nafari viloyat IIB rahbariyatining “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, ijobiy natijalarni qo‘lga kiritgan shahar va tuman IIBlari huzuridagi tergov bo‘limlari va bo‘linmalariga xizmatda foydalanish uchun “Canon” rusumli printerlar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech