O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida 6 oylik ish natijalari sarhisob qilindi

Joriy yilning 17 iyul kuni Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari va Ekspert kriminalistika bo‘linmalari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari, tergov ko‘rsatkichlari, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z bordi.

Shuningdek, o‘tgan davrda jinoyatlarni tergov qilish va ekspertiza faoliyatlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, murojaatlar bilan ishlash va boshqa yo‘nalishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning yutuqlari eʼtirof etilib, ular Tergov departamenti va viloyat IIBning faxriy yorliq, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan birga xodimlarga xizmatda foydalanish uchun zamonaviy kompyuterlar jamlanmasi topshirildi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech