O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati prokuraturasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 23.06.2023 yilda "Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida"gi yangi tahrirda qabul qilingan 17-son qarori bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Unda viloyat prokuraturasi, Departamentning viloyat boshqarmasi, Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi masʼul xodimlari, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyalari, viloyat advokatlar palatasi advokatlari hamda Navoiy harbiy, transport, tuman va shahar prokuraturalari tergovchi va yosh mutaxassislari ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘ulotida Oliy sud Plenumining 23.06.2023 yilda "Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida"gi yangi tahrirdagi qabul qilingan 17-son qarorining mazmun-mohiyati va amaliyotdagi muammolar muhokama qilindi.

O‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech