Nazariya va amaliyot uyg‘unligi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha taʼlim olayotgan 2-o‘quv kursi kursantlari bilan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tergovchilari va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmon va qarorlarida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha taʼlim olayotgan 2-o‘quv kursi kursantlari bilan joriy yilning 6-11 may kunlari “Uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda sodir etilgan bosqinchilik jinoyati”ni tergov qilish borasida kichik final o‘quv kompleks o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etildi.
Ushbu mashg‘ulotlarga boy amaliy tajribaga ega bo‘lgan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tergovchilari va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari jalb etilib, mashg‘ulotlarning real voqelikka yaqinlashtirilgan holda o‘tkazilishi taʼminlanmoqda. Mashg‘ulotlar davomida amaliyot xodimlari tomonidan Tergov bo‘limi boshlig‘i, Prokuror lavozimidagi rolli o‘yinlar o‘tkazilib, kursantlar tomonidan protsessual harakatlarni olib borishda eʼtibor qaratishlari lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan tushunchalar berilishi taʼminlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti