O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nomusga tegish jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari.

Joriy yilning 28 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy Prokuraturasi binosida,  IIV huzuridagi Tergov departamenti va Respublika Harbiy Prokuraturasi xodimlari ishtirokida “Nomusga tegish jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari” mavzusida navbatdagi viloyatlararo o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda, Respublika Harbiy Prokuratura va uning quyi bo‘linmalarining barcha xodimlari videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etdilar.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi O‘MIB tergovchisi podpolkovnik Raxmatullayev Maʼmurjon Talgatovich maʼruzachi sifatida qatnashib, o‘quv-seminar ishtirokchilari bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar yuzasidan fikr va tajriba almashdi.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech