O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyatida yosh xodimlar xizmatga toʼliq kirishib ketishdi

Toshkent viloyati IIBB boshligʼi oʼrinbosari - Tergov boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik Yo.J.Isabaev tashabbuslari bilan joriy yilning 19 avgust kuni yosh xodimlarining xizmat faoliyatini yanada yaxshilash hamda moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida, joriy yilning iyunь oyida IIV Аkademiyasining 29 nafar bitiruvchilarini xizmat faoliyatida foydalanishlari uchun, tergov sumkasi, tashvish sumkasi hamda kantselyariya buyumlari bilan taʼminlandi.

Bitiruvchilarning ish faoliyatiga kirishish oldidan ish qurollarini topshirish marosimi oʼtkazilib, ularga kelgusi xizmat faoliyatida mashaqqatli tergovchilik kasbini chuqur egallash, har bir jinoyat ishini tergov qilishda alohida masʼuliyat bilan yondashib, dastlabki tergovning har tomonlama, toʼla va xolisona boʼlishini hamda qonuniylik va adolatni taʼminlashlari, shu bilan birga jinoyatlarni oldini olish, fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish borasida tegishli maslahatlar berildi.

Yosh tergovchi va surishtiruvchi xodimlarning ham murakkab ham sharafli xizmat faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech