O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nukus shahrida Respublika ishchi guruhi tomonidan ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 03 mart kuni, Nukus shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.Islamov rahbarligidagi, respublika ishchi guruhi tomonidan,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi barcha sektor va tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda Nukus shahri va Nukus tumani aholisi o‘rtasida ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari-Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Ya.Abdulxakov tomonidan jami 43 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Yuqoridagilardan 1 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 1 tasiga huquqiy maslahat berildi, 23 nafar murojaatlarning mualliflariga huquqiy tushuntirishlar berildi va 15 nafar fuqarolardan murojaatlari doirasi arizalar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilangan ommaviy qabullar jadvaliga muvofiq, ommaviy sayyor qabullari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech