Nukus tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2021 yil 11 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nukus tumanidagi Xalq qabulxonasi bo‘limi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev, Nukus tumani Xalq qabulxonasi bo‘limi boshlig‘i K.E.Gulmanov, Nukus tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik S.A.Kazbekov hamda tegishli tashkilotlar masʼul rahbarlari ishtirokida Nukus tumani aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan 16 nafar fuqarolarning turli masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, fuqarolarning yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan yo‘llarga kamera va radarlar qo‘yishda amaliy yordam berish, ishga joylashish, Ichki ishlar organlariga yozgan arizalari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishini nazoratga olish hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qabul qilingan qarorlardan norozilik kabi masalalari ko‘rib chiqildi.
Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning 5 ta masala bo‘yicha murojaati ijobiy hal qilinib,8 ta masala bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Fuqarolarning qolgan murojaatlari yuzasidan arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Tadbir davomida, 4 nafar voyaga yetmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalarini topshirildi.
Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tumandagi jinoyat eng ko‘p qayd etilgan «Aqmang‘it» PFYga borib, mahalla raisi va faollari bilan uchrashib, u yerda jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, maʼmuriy hudud profilaktika inspektori faoliyati o‘rganilib, tegishli masʼullarga huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti