Navbatdagi viloyatlararo o‘quv-seminari tashkil etildi
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirish maqsadida “Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan plastik kartochkalar, elektron hamyonlar hamda kriptovalyutalarni o‘g‘irlik va firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida navbatdagi viloyatlararo o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari barcha xodimlari, shuningdek markaziy studiyadan mehmon sifatida Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha mutaxassisi Iminov Ulug‘bek Abdumajidovichlar videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etdilar.
Mazkur yig‘ilishda Tergov departamenti Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi O‘MIB tergovchisi mayor Raxmatullayev Maʼmurjon Talgatovich maʼruzachi sifatida qatnashib, o‘quv-seminar ishtirokchilari bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar yuzasidan fikr almashdi.
O‘quv seminari yakuniga ko‘ra tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti