Samarqand viloyat Urgut tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 13 fevral kuni Urgut, Toyloq va Samarqand tumanlari aholisi uchun Urgut shahri 149-maktab binosida Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun tuman hokimligi vakillari, jamoat birlashmalari hamda tuman IIB rahbariyati qatnashishdi.
Qabul jarayonida jami 19 nafar fuqarolarning murojaatlar ko‘rib chiqildi, murojaatlarning 11 tasi imtiyozli uy-joy, moddiy yordam olish va identifikatsiya ID-kartalarini olish bo‘yicha, 1 tasi aliment pullarini undirish bo‘yicha, 7 tasi tergovga qadar tekshirish va tergov harakatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 7 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 2 tasiga huquqiy tushuncha berildi qolganlari ijroga qaratildi.
Bundan tashqari qabul davomida 5 nafar fuqaroga identifikatsiya ID-kartalari topshirildi.
Hozirgi vaqtda tasdiqlangan reja asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti