O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nurota tumani aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi

Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sharipov rahbarligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tumani Xalq qabulxonasida Nurota tumanida yashovchi fuqarolar surishtiruv, dastlabki tergov hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda jami 12 nafar tuman hududida yashovchi fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Tergov sohasi yo‘nalishida murojaat qilgan 8 nafar fuqarolarning murojaatlari nazoratga olinib, ularga tushuntirishlar berildi.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalasida murojaat qilgan 2 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal qilindi.

Ijtimoiy masala yuzasidan 2 nafar fuqaroning murojaati joylarga chiqib o‘rganilib, ularning yashash tarzi, xonadondagi obodonlashtirish ishlari o‘rganilib, tomorqadan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shu bilan birga, 1 nafar fuqaroning tomorqasini sug‘orishga sharoiti yo‘qligi sabab tomorqasidan foydalanmasdan kelayotganligi tufayli, homiylar ko‘magida hovliga suv nasos o‘rnatilib, tomorqani sug‘orishga sharoit yaratib berildi hamda ushbu fuqaroning yo‘qotib qo‘ygan fuqarolik pasporti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima va davlat boji pullari homiylik yordamida to‘lab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech