Eʼlon
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qiladi, ertaga yaʼni 01.04.2021 yilda soat 10:00 da Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari polkovnik M.T.Raxmatullaev tomonidan Xujayli tumani Xalq qabulxonasi binosida sayyor qabul oʼtkazilishi belgilangan.
Hurmatli fuqarolar, qabul jarayonida Respublika IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizim tergovchi va surishtiruvchilarining yurituvidagi jinoyat ishlari hamda tergovga qadar tekshiruv materiallari yuzasidan oʼzingizni qiynayotgan hamda yechimini topmayotgan masalalar yuzasidan murojaatlaringiz qabul qilinishini eslatib oʼtamiz!