O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sun'iy kaltaklanish holatlarini sahnalashtirgan “Samosudchi”lar qilmishi muhokama qilindi.

2020 yil 3 yanvar' kuni Shahrixon tumanida yashovchi O.S., K.K. va I.N.lar yashash xonadonni ta'mirlashayotgan vaqtlarida O.S.ning kiyimlariga qurilishda foydalanib kelayotgan “qizil” rang beruvchi (koller) to‘kilib ketganligi sababli O.S.ning taklifiga ko‘ra sun'iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holatini vujudga keltirib, videotasvirga olib, telegramm ijtimoiy tarmog‘i orqali internetda tarqatib yuborishgan.

Shahrixon tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida sun'iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holatini vujudga keltirib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan O.S., K.K. va I.N.lar aniqlanib ushlangan.

Shahrixon qishloq xo‘jaligi kasb-xunar kollejida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov raisligida O.S., K.K. va I.N.larning qilmishlari keng jamoatchilik ishtirokida, ularning ota-onalari bilan birgalikda tanqidiy muhokama qilindi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech