Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 23 yanvar kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari –Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Qiziltepa tumani Xalq qabulxonasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 6 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 3 tasi joyida qanoatlantirildi, 2 nafar fuqarolarga murojaatlari yuzasidan xuquqiy tushuntirishlar berildi, yana bir murojaat esa alohida nazoratga olinib ijroga qaratildi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.A.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti