Internet tarmogʼida “Bir oʼlimdan qolgan singlim hozir shifoxonada yotibdi...” nomi ostida tarqalgan videolavha boʼyicha rasmiy maʼlumot
Аndijon. 2020 yilning 14 avgust kuni soat 18:00 da G.K., (ayol) oʼzi kelin boʼlib tushgan, ammo oilaviy nizo tufayli hozirda yashamay kelayotgan Xoʼjobod tumani Uch koʼcha MFY da joylashgan uyiga farzandining kiyim kechaklarini olib ketish uchun borgan vaqtida, turmush oʼrtogʼi Q.K., bilan oʼzaro janjallashganligi natijasida Q.K., turmush oʼrtogʼi G.K., ning bosh qismiga yogʼoch bilan urib tan jarohati yetkazgan, shu vaqtda hovlidagi shovqinga G.K., ning ukasi I.K., chiqib, Q.K., ni qoʼllari bilan tanasining turli joylariga urib, hovlida boʼlgan tayoq bilan uni bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʼra, G.K. va Q.Q., lar sogʼliqni buzilishiga olib kelgan “engil” tan jarohatlarini olganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Xoʼjaobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti