O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bugun, Birlashgan millatlar tashkilotining 75 yilligi

1948 yildan buyon 24 oktyabr BMT kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. 1971 yilda BMT Bosh assambleyasi o‘z rezolyutsiyasida aʼzo davlatlarga ushbu kunni rasmiy bayram sifatida nishonlashni tavsiya qilgan.

1945 yil 26 iyunda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishtirok etgan 50 mamlakat vakillari tomonidan Ustav imzolangan. Konferensiyasida qatnashmagan Polsha keyinchalik uni imzoladi va 51-davlat sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945 yil 24 oktyabrdan rasman mavjud bo‘lib, shu kunning o‘zida Buyuk Britaniya, Xitoy, Sovet Ittifoqi, AQSH, Fransiya va boshqa davlatlar tomonidan Ustav ratifikatsiya qilingan.

Bugungi kunda BMT dunyo miqyosidagi eng yirik xalqaro tashkilot bo‘lib, unga 193 davlat aʼzo bo‘lib kirgan. O‘zbekiston Respublikasi bu tashkilotga 1992 yil 2 martda aʼzo bo‘lgan hamda shu kuni tashkilotning Nyu-yorkdagi shtab kvartirasi oldida davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech