O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

IIV huzuridagi Tergov departamentining quyi tizimlarida xizmat qilayotgan surishtiruvchi va tergovchilar oʼrtasida oʼtkazilgan “Namunali tergovchi”, “Namunali surishtiruvchi” va “Namunali tergov jamoasi” nominatsiyalari boʼyicha koʼrik-tanlovning respublika bosqichi gʼoliblari aniqlandi!

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 25 sentyabr kunidagi 180-sonli Farmoyishiga asosan, Tergov departamenti va uning quyi boʼlinmalari xodimlari oʼrtasida “Namunali tergovchi”, “Namunali surishtiruvchi” va “Namunali tergov jamoasi” nominatsiyalari boʼyicha koʼrik-tanlov oʼtkazilishi belginlangan.

Ushbu koʼrik tanlov Ichki ishlar organlari tergov boʼlinmalari shaxsiy tarkibining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ularning bilim saviyasini oshirish, xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarliklarini kuchaytirish, amaliy koʼnikmalarni egallaganliklarini aniqlash hamda malakali kadrlar zahirasini yaratish maqsadida tashkil qilingan.

Bir oy davomida koʼrik tanlovning viloyat bosqichida birinchi va ikkinchi oʼrinlarni egallagan xodimlar oʼrtasida Ichki ishlar vazirligi miqyosida koʼrik tanlovning Respublika bosqichi oʼtkazildi.

Ushbu bosqichda ishtirokchilar jami 5 ta shart boʼyicha bahslashdilar:

- jismoniy tayyorgarlik boʼyicha (turnikda tortilish, 100 metr masofaga yugurish, 3000 metr masofaga yugurish, qoʼl jangi usullarini qoʼllash);
- oʼq otish boʼyicha;
- test sinovlari;
- ishtirokchilarning nazariy bilimlarini suhbat oʼtkazish yoʼli bilan baholash (Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarini amaliyotda qoʼllash, Oliy sud Plenumining qarorlari, boshqa meʼyoriy hujjatlar, ichki ishlar organlari faoliyatiga aloqador xalqaro huquqiy normalar, dastlabki tergov jarayonida inson huquqlarini taʼminlash, ish faoliyatida qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar boʼyicha bilim saviyasi 40 ballgacha);
- namunaviy tergov maketlarini tayyorlash.

“Namunali surishtiruvchi” nominatsiyasi boʼyicha birinchi oʼrinni egallagan Namangan viloyat Yangiqoʼrgʼon tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi surishtiruvchisi leytenant Erkinjonov Doston Rustamjon oʼgʼli “Esdalik qoʼl soati”, Ichki ishlar vazirligining birinchi darajali diplomi va mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 5 (besh) barobari yaʼni 3.174.400 soʼm miqdoridagi pul mukofoti bilan;

“Namunali surishtiruvchi” nominatsiyasi boʼyicha ikkinchi oʼrinni egallagan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB surishtiruvchisi leynenat Qalqanov Sherzod Haqberdi oʼgʼliga Ichki ishlar vazirligining ikkinchi darajali diplomi va mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 4 (toʼrt) barobari yaʼni 2.539.520 soʼm miqdoridagi pul mukofoti bilan;

“Namunali surishtiruvchi” nominatsiyasi boʼyicha uchinchi oʼrinni egallagan Samarqand viloyat Nurobod tuman IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi katta leytenant Shodmonov Shaxzod Shodiyor oʼgʼliga Ichki ishlar vazirligining uchinchi darajali diplomi va mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 3 (uch) barobari yaʼni 1.904.640 soʼm miqdoridagi pul mukofoti bilan;

“Namunali tergovchi” nominatsiyasi boʼyicha birinchi oʼrinni egallagan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi katta leytenant Аxmadaliev Elyor Аlisher oʼgʼli “Esdalik qoʼl soati”, Ichki ishlar vazirligining birinchi darajali diplomi va mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 5 (besh) barobari yaʼni 3.174.400 soʼm miqdoridagi pul mukofoti bilan;

“Namunali tergovchi” nominatsiyasi boʼyicha ikkinchi oʼrinni egallagan Fargʼona viloyat Uchkoʼprik tuman IIB huzuridagi TB katta tergovchisi kapitan Аbdullaev Iqbol Аbdumannapovichga Ichki ishlar vazirligining ikkinchi darajali diplomi va mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 4 (toʼrt) barobari yaʼni 2.539.520 soʼm miqdoridagi pul mukofoti bilan;

“Namunali tergovchi” nominatsiyasi boʼyicha uchinchi oʼrinni egallagan Surxandaryo viloyati Termiz shahar IIO FMB huzuridagi TB tergovchisi leytenant Qurbonov Javohir Odil oʼgʼliga Ichki ishlar vazirligining uchinchi darajali diplomi va mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 3 (uch) barobari yaʼni 1.904.640 soʼm miqdoridagi pul mukofoti bilan;

Birinchi oʼrinni egallagan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi jamoasi “Damas” rusumli avtomashina, Ichki ishlar vazirligining birinchi darajali diplomi hamda har bir aʼzosi “Elektron kitob” bilan;

Ikkinchi oʼrinni egallagan Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi jamoasi “A4tech” kompyuteri hamda Ichki ishlar vazirligining ikkinchi darajali diplomi bilan;

Uchinchi oʼrinni egallagan Fargʼona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi jamoasi “Raqamli videokamera” hamda Ichki ishlar vazirligining uchinchi darajali diplomi bilan taqdirlandilar.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech