O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar markazida o‘quv-seminari o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar markazida, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi advokatlar palatasi hamkorligida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ushbu soha xodimlari eʼtiboriga to‘liq yetkazish bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.

2021 yilning 09 yanvar kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar markazida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil                   10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6041-son Farmonidan kelib chiqqan holda “Odil sudlovni amalga oshirishda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ni mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘quv-seminariga, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi G.J.Bazarbayeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari Q.Q.Bekmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik M.T.Raxmatullayev hamda O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i B.S.Arzimbetov va ushbu sohalarning shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tadbir davomida, soha xodimlari qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida hamda xizmat faoliyati bilan bog‘liq amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning to‘g‘ri qonuniy yechimi yuzasidan o‘zlariga qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbir so‘ngida, kelgusida bu kabi o‘quv-seminarlari muntazam o‘tkazib borilishi haqida rejalar belgilandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech